Forbes sayyoramizning eng qimmat beşta futbol stadioni röyxatini tuzib çiqdi. Quyida ularning fotosuratlari va qiymati haqidagi tegişli ma'lumotlarni taqdim etamiz.
Yankee Stadium (2009), Nyu-York

2,3 milliard dollar
Futbol uçraşuvlaridagi siğimi: 30 300 (49 600 öringa kengaytiriliş imkoni bor)
Stadion beysbol öyingohi yönalişida qurilgan. New York Yankees beysbol klubining yangi stadioni qurilişi 2006 yilda boşlangan bölib, loyihaga umumiy hisobda 1,2 milliard dollar sarflangan.
“Mançester Siti” klubi esa 2013 yilda beysbol “Yanki”larning rahbariyati bilan kelişuv asosida MLS’ga kiriş uçun 100 million dollar töladi va 2015 yildan boşlab ligaga “Nyu-York Siti” jamoasi qöşildi.
Wembley Stadium (2007), London

1,462 milliard dollar (757 million funt)
Siğimi: 90 000
Stadion ikki yoqqa suriluvçi tom va yengil atletika böyiça musobaqalar ötkazilsa, tribunalar bir qismining olinişi mumkinligi bilan ajralib turadi (siğim 60 000 ga kamayadi)
“Uembli”ni qayta ta'mirlaş loyihasi 1996 yilda tayyorlangan bölib, u 6 yildan söng tasdiqlandi. Pudratçi bilan imzolangan şartnoma qiymati 757 million funtni taşkil qildi.
Eski stadionni buziş işlari 2002 yilning sentabrida boşlandi, bir yil ötib quriliş işlariga start berildi. Futbol assotsiatsiyasi esa arenani 2007 yilning martida foydalanişga oldi. Ikki oy ötib yangi “Uembli” oçildi – Angliya Kubogi finali. Öşandan beri stadionda mamlakat terma jamoasi uy uçraşuvlari, milliy kubok musobaqalari final bahslari ötkaziladi.
Singapore National Stadium (2014), Singapur

1,4 milliard dollar (1,87 milliard singapur dollari)















