Rossiyaning “Kommersant'” naşrining yozişiça, Mudofaa vazirligiga qaraşli Tu-154B-2 samolyotining Qora dengizga qulaşi bilan boğliq halokatning guvohi paydo bölgan. Uning sözlariga köra, Suriyaning Xmeymim aviabazasiga yöl olgan samolyot balandlikka çiqişning örniga dumi bilan dengizga tuşgan, söngra parçalanib çökib ketgan. Voqea guvohining şohidliklari, samolyot qora qutisi topilmasidanoq, halokat sabablarini taxmin qilişga imkon beradi. Ya'ni, fojia uçuvçilarning xatosi tufayli sodir bölgan. Bunda, uçuvçilar havoga kötariliş çoğida Tu-154ni xavfsiz burçakdan ötkazib yuborgani sababli havo layneri tezligini yöqotgan. Şundan söng, balandlikka çiqiş örniga dengizga şönğigan.
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati «havo kemasining qulaşiga guvoh kişi aniqlangan»i haqida xabar qilgan edi. “'” naşrining tergov jarayoniga aloqador manbalarining aytişlariça, bu guvohlarning biri FXX çegara qöşinlari sohil qöriqlaş xizmati xodimidir. U halokat röy bergan vaqtda Soçi suvlarida bölgan. Çegaraçining hikoya qilişiça, u yakşanba kuni erta tongda aviahalokatning guvohi bölgan. Adler aeroportidan havoga kötarilgan samolyot balandlikka kötariliş örniga dengiz yuzasiga tezlik bilan pasaya boşlagan. Körinişidan u dengizga qöniş uçun urinayotgandek taassurot uyğotgan. Guvohning qayd etişiça, nimqoronğulikda samolyotning qöniş uçun egallagan holati uning hayratiga sabab bölgan. Tu-154 kiçik tezlikda tumşuği osmonga bölgan holda pasaygan. Voqea şohidi, buni mototsiklning orqa ğildiragida turgan holatiga qiyoslagan. Bir neça lahzadan söng, uning aytişiça, samolyot dumi bilan dengizga urilgan, zarbning kuçidan havo laynerining dumi uzilib ketgan, söngra suvga qulagan va tezda çökib ketgan.
Ekspertlarning sözlariga köra, guvohning aytganlariga, u yoki bu darajada samolyot ekipaji a'zolarining harakatlari bilan boğliq bir neça omillar sabab bölgan. FXXning ma'lum qilişiça, Tu-154 uçiş yölagidan belgilangan 345 km/soat tezlikda kötarilgan. Biroq, bir neça soniyadan keyinoq, havo kemasi tezlikni va şunga muvofiq balandlikni yöqota boşlagan. Bunga, mutaxassislarning fikriça, uçuvçilarning tezroq balandlikka çiqiş uçun notöğri harakatlari sabab bölgan. Şundan söng, taxminlarga köra, samolyot kötarilişning belgilangan xavfsiz burçagidan ötib ketgan, qanotlarning kötariliş kuçi va tezligini yöqotgan, natijada dengizga qulagan.
Soçi fojiasiga, şuningdek, texnik omillar ham sabab bölgani ehtimol. Masalan, samolyotning ortiqça yuklanganligi (uçuvçi dispetçer bilan muloqotda samolyotni «oğir» deb atagan), yuk sababli samolyot muvozanatining yöqolganligi, stabilizator va zakrilkalarning notöğri işlagani hamda dvigatellar tortiş kuçining kutilmaganda pasayişi şular jumlasidan.












