"Rizespor" va "Osmanlispor" o‘rtasidagi uchrashuvni boshqargan Juneyt Chaqir antiqa qaror qabul qildi. Mehmonlar darvozaboni Jidrinas Karchemarskas o‘z jarima maydonida qo‘li bilan o‘ynagani uchun Chaqir penalti belgiladi.
Tribuna.uz yozishicha, 67-daqiqada belgilangan penaltidan mezbonlar futbolchisi Yakob Yantsher foydalana olmadi.
91-daqiqada Chaqir yana bir marotaba penalti belgiladi, biroq bu safar "Osmanlispor" foydasiga. Mehmonlar futbolchisi Musa Chagiran uni aniq amalga oshirib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.















