Mamlakatimiz jamoatçiligi oğir judolikka uçradi. Özbekiston faxriylarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş "Nuroniy" jamğarmasi Andijon viloyati bölimi raisi, Özbekiston Qahramoni Tavakkal Temiroviç Topvoldiyev 82 yoşida vafot etdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

T.Topvoldiyev 1934 yil 10 sentabrda Andijon viloyatining Şahrixon tumanida işçi oilasida tuğildi. 1957 yili Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutini muhandis-gidrotexnik mutaxassisligi böyiça tamomladi. Köp yillar davomida Andijon viloyati suğoriş tarmoqlari tizimida samarali mehnat qildi. 1965-1985 yillar mobaynida Böz, Uluğnor, Jalaquduq tumanlarida birinçi rahbar lavozimida faoliyat körsatdi. 1985-1996 yillarda Andijon viloyatida turli mas'ul vazifalarda işladi. 1996 yildan umrining oxiriga qadar Özbekiston faxriylarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş "Nuroniy" jamğarmasi Andijon viloyati bölimi raisi bölib xizmat qildi. 

T.Topvoldiyev qariyb oltmiş yillik mehnat faoliyati davrida viloyat hududlari, tarmoq va sohalarini rivojlantiriş hamda keng kölamli obodonlaştiriş işlariga munosib hissa qöşdi. Vatanimiz mustaqilligining dastlabki yillaridan boşlab viloyatda mamlakat ahamiyatiga ega bölgan yirik istiqbolli loyihalarni amalga oşirişda faol iştirok etdi.

"Nuroniy" jamğarmasi Andijon viloyati bölimi raisi sifatida viloyatda uruş va mehnat faxriylarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, yoşlarimizni ona Vatanga, xalqimizga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş, bu borada keksa avlod vakillarining faol iştirokini ta'minlaşda özining taşabbuskorlik va taşkilotçilik fazilatlarini namoyon etdi.

T.Topvoldiyevning köp yillik samarali mehnati davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U "Döstlik" va "El-yurt hurmati" ordenlari hamda Özbekiston Qahramoni unvoni bilan mukofotlangan edi.