Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Qahramoni” unvoni va yuqori darajadagi ordenlar sohiblarining hayoti va faoliyatiga bağişlangan manzilli tarğibot tadbirlarini taşkil qiliş töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Özbekiston Milliy axborot agentligi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi bilan hamkorlikda taşkiliy-ijodiy guruh şakllantirgan holda beş oy muddatda “Mustaqil Özbekiston Qahramonlari” nomli kitob-albom tayyorlaydi. Kitobni naşr etiş xarajatlari Vazirlar Mahkamasi zaxira jamğarmasi fondidan qoplanadi.

Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Özbekiston Yoşlar Ittifoqi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi ikki oy muddatda ta'lim muassasalari öquvçilari va talabalari örtasida “Özbekiston Qahramoni” unvoni va yuqori darajadagi ordenlar sohiblarining hayoti, mehnat faoliyati, jasoratini keng tarğib qilişga bağişlangan tanlovlar ötkazadi.
   
Madaniyat vazirligi, Badiiy Akademiya, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyuşmasi va Özbekiston Jurnalistlar ijodiy uyuşmasi ikki oy muddatda “Özbekiston Qahramoni” unvoni va yuqori darajadagi ordenlarga sazovor bölgan fidoyi vatandoşlarimiz haqida davlat muzeylari va körgazma zallarida foto va rasmlar körgazmalari, tasviriy-tarğibot tadbirlarini taşkil etiş, ular mehnatini madh etuvçi badiiy, publitsistik asarlar, şe'r va dostonlar, tasviriy asarlar, qöşiqlar yaratiş böyiça çora-tadbirlar rejasini işlab çiqib, amalga oşiradi.
     
“Özbekkino” milliy agentligi, Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Özbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamkorlikda ikki oy muddatda “Özbekiston Qahramoni” unvoni va yuqori darajadagi ordenlarga sazovor bölgan yurtdoşlarimizga bağişlangan filmlar, turkum telekörsatuvlar tayyorlaş, radioviktorinalar ötkaziş böyiça taşkiliy çora-tadbirlarni işlab çiqadi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Özbekiston Milliy axborot agentligi, Özbekiston Yoşlar ittifoqi yoşlarning qiziqiş va intilişlarini hisobga olgan holda uç oy muddatda Özbekiston Qahramonlari faoliyatini yoritişga qaratilgan veb-sayt yaratadi, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga mazkur veb-resursdagi materiallarni ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda keng yoritib boriş tavsiya etiladi.