«Özbekengilsanoat» aksiyadorlik jamiyati tarkibida maxsus taşqi savdo taşkiloti - «Öztekstileksport» MÇJ taşkil etiladi. U quyidagi asosiy vazifa va yönalişlarda faoliyat yuritadi, deb yozmoqda Podrobno.uz sayti.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning qaroriga köra, yangi tuzilma yengil sanoat korxonalari, xususan, kiçik va xususiy tadbirkorlik sub'yektlariga marketing, axborot va konsalting xizmatlarini körsatiş, reklama faoliyati yordamida yengil sanoat mahsulotlarini eksportga yönaltiriş, körgazmalar va vaqtli naşriyotlarda eksport salohiyatini keng tarğib qiliş bilan şuğullanadi.
Şuningdek, uşbu kompaniya yengil sanoat korxonalariga öz mahsulotlarini töğridan-töğri şartnomalar imzolaş va xorijda taşkil etiluvçi savdo uylari vositasida eksport qilişiga kömak beradi.
Bundan taşqari, Özbekistonda işlab çiqarilmaydigan texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovçi, xom-aşyo va materiallar, aksessuarlar va furnituralarni keltirişda yordam körsatadi.

















