Ikkinçi jahon uruşida aşaddiy duşmanlar bölgan Yaponiya va AQŞning ittifoqi yaraşuv kuçini namoyiş qiladi, deb aytdi Perl-Xarbordagi anjumanda Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe.

"Perl-Xarbor vaqtidan beri 75 yil ötdi. Özaro qaqşatqiç jang qilgan Yaponiya va Amerikani mustahkam va çuqur ittifoqçilik aloqalari boğladi. Bu ittifoq murakkabliklarni yengiş uçun qaratilgan, u ertangi kunni oçadi, bu "umid ittifoqidir". Bizni bir-biriga nisbatan sabr-toqatlilik ruhi birlaştirdi. Men prezident Obama bilan bu yerda, Perl-Xarborda dunyo odamlarini yaraşuv kuçiga da'vat qilaman. Adovat ötdi, bizni umumiy qadriyatlar birlaştirdi. Yaponiya döstlik va işonçni tarbiyalagan va aynan hozir sabr-toqatlilikning muhimligini dunyoga yetkazişi kerak", deb aytgan Yaponiya boş vaziri. 

Abe Perl-Xarborga taşrif buyurgan birinçi yapon boş vaziri böldi. Joriy may oyida Obama Xirosimaga kelgan AQŞning birinçi amaldagi prezidenti bölgandi. 

Abe Yaponiya aviatsiyasi 1941 yil 7 dekabrda Perl-Xarborga hujum qilişi uçun uzr keltirmadi. Bu hujum AQŞning Ikkinçi jahon uruşiga kirişiga va Tinç okeanida uruş boşlanişiga sabab bölgan.