2017 yilda taqdim etiladigan iPhone modeli sensorlari vertikal joylaşgan mutlaqo yangi ikkilamçi kamera moduliga ega bölişi mumkin. Bu haqida Tayvanning qurilma qismlari işlab çiqaruvçisiga tayanib, Macotakara portali xabar berdi.
Kameraning yangi versiyasidan taşqari, manba devaysning iPhone 8 emas, iPhone 7s nomini olişi haqida ma'lum qildi. Biroq smartfon va kamera xususiyatlari hozirça tasdiqlanmadi.
Şuni ta'kidlaş joizki, smartfonning uç xil versiyasini işlab çiqarişga doir xabarlar tasdiqlandi. Kompaniya 4,7 va 5,5 dyuym diagonalga ega odatiy modifikatsiyalardan taşqari, 5 dyuymli qurilmani ham işlab çiqarmoqda. U qolgan ikki telefonga xos bölgan xususiyatlar bilan ta'minlanadi.












