Xitoyning Siçuan provinsiyasida joylaşgan pandalarni qöriqlaş va tadbiq etiş markazida 28 dekabr kuni dunyodagi eng keksa erkak panda jon berdi. Uning laqabi Panpan edi. Bu haqda Global Times gazetasi yozmoqda.
Mahalliy "Syçuan tszaysyan" naşrining yozişiça, pandaning oşqozonida saraton bezi bölgan va uning salomatligi borgan sari yomonlaşgan. Ma'lum qilişlariça, mutaxassislar uni davolaş uçun barça zarur çoralarni körişgan, ammo uni qutqarib qolişa olmagan.
Avvalroq china.com saytining ma'lum qilişiça, Panpan 1985 yilning sentabr oyida Siçuan provinsiyasining Baosin uyezdida tuğilgan. Xabarlarga köra, undan 130 ta zurriyot qolgan.











