Qatarda muhojirlar soni oşib borayotgani munosabati bilan xususiy oliy öquv yurtlari sonini köpaytiriş rejalaştirilmoqda. Uşbu taşabbus Qatar universiteti rektori Xolid al Xater tomonidan ilgari surilgan. Bu haqda wenr.wes.org ta'lim portali xabar bermoqda.
Rektorning misol keltirişiça, şunga öxşaş universitetlar Hindiston, Bahrayn va BAAda faoliyat yuritmoqda.
Uning ma'lum qilişiça, muhojirlar uçun oçiladigan mazkur oliy öquv yurtlaridagi narxlar mö'tadil bölişi kerak. Bundan taşqari, ular Qatar ta'lim vazirligi bilan mustahkam aloqa örnatişi lozim. Rektor, şuningdek, mamlakatdagi boşqa ta'lim dargohlari uçun xorijliklarga köproq kvotalar ajratilişi zarurligini ta'kidlagan.










