Yaponiyaning Panasonic korporatsiyasi Tesla Motors zavodiga 30 milliard iyena (256 million dollar) miqdorida mablağ yönaltiradi. Zavod Buffalo şahrida joylaşgan bölib, quyoşli batareyalar va modullar işlab çiqaradi. Bu ikki kompaniya hamkorligini çuqurlaştiriş imkonini beradi, deb xabar beradi Reuters.
Panasonic arzon maişiy elektronika işlab çiqarişdan biroz voz keçib, avtokomponentlar va korporativ mijozlarga möljallangan boşqa yönalişlarga e'tibor qaratdi.
Bitim doirasida amerika elektromobillar işlab çiqaruvçisi yaponiya kompaniyasi bilan yetkazib beriş böyiça uzoq muddatli kelişuvga erişdi, şuningdek unga fabrika binosi va infratuzilmani taqdim etadi.
Xabarlarga köra, işlab çiqariş 2017 yilning yozida boşlanişi rejalaştirilmoqda va 2019 yilga qadar işlab çiqariluvçi panellar quvvatini 1 gigavattga qadar yetkaziş möljallanmoqda.












