Qora dengizda halokatga uçragan Tu-154 samolyotining ikkinçi qora qutisi yuzaga çiqqan. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi xabar bermoqda.
Bundan sal avvalroq samolyotning birinçi qora qutisi topilgan edi. Ammo barça ma'lumotlar qölga kiritilmagunga qadar yakuni xulosaga kelina olmay turilgandi, deyiladi vazirlik ma'lumotida.
Eslatib ötamiz, RF Mudofaa vazirligining Soçidan Suriyaga uçgan samolyoti 25 dekabr tongida radarlar ekranlaridan yöqolib qolgan. Keyinroq samolyot qoldiqlari Qora dengiz hududida topildi. Samolyot bortida jami 92 kişi bölgan. Yölovçilar Aleksandrov ansambli musiqaçilari hamda jurnalistlar edi.











