Belgiya hukumati 2016 yilda boşpana söragan 14 mingdan ortiq kişiga qoçqinlik maqomini berdi, deb xabar qildi Echo gazetasi qoçqinlik işlari böyiça boş komissarlik ma'lumotlariga asosan.

Belgiyada 2015 yilda qoçqinlik maqomi deyarli 11 ming kişiga berilgandi. Bu esa yakuniga yetib borayotgan yil körsatkiçidan 33 foizga kamroqdir.

Eslatib ötamiz, Yevropa Ikkinçi jahon uruşidan söng eng murakkab muhojirlik inqirozini öz boşidan ötkazmoqda. Bu birinçi navbatda Yaqin Şarq va Şimoliy Afrika davlatlaridagi qurolli töqnaşuvlar hamda iqtisodiy muammolar bilan boğliq. Frontex agentligi ma'lumotlariga köra, Yevropa Ittifoqiga 2015 yilda 1,8 million muhojir kelgan.