Fransiyaning öta keskin karikaturalari bilan dong taratgan Charlie Hebdo jurnali özining 28 dekabrdagi sonida Rossiya Mudofaa vazirligining Tu-154 samolyoti halokatiga doir suratlarni e'lon qildi. Masxaralovçi surat namunalari jurnalning Twitter sahifasiga joylaştirilgan. 

Ularning birinçisida qulayotgan samolyot tasvirlangan bölib, uning salonidan artistning «a» deya kuylayotgani aks etgan. Surat ortida «Armiya xorining repertuari kengaymoqda», deb yozilgan.

Tu-154ga bağişlangan ikkinçi karikaturada ham qulayotgan samolyot aks ettirilgan, ammo boşqa yozuv bor: «Noxuş xabar... Unda Putin yöq ekan»

Uçinçi suratda suv ostida kuylayotgan harbiylar aks etgan. Ortlarida halokatga uçragan Tu-154 körinadi. Harbiylar oldida esa qöşiqdan orom olayotgan baliqlar suzib yurgani aks ettirilgan. Karikaturaning tepa qismiga: «Halokatdan söng Qizil armiya yangi muxlislarga ega böldi», degan yozuvlarni öqiş mumkin.

Charlie Hebdo jurnali oktabr oyida Parijda pravoslav çerkovi oçilişi munosabati bilan karikaturalarini e'lon qilgan edi. Bundan avval, mazkur jurnal Islom dini va uning muqaddas timsollarini masxara qilgan, buning oqibatida jurnal binosiga hujum ham qilingan edi.