Turkiya prezidenti Toyyib Erdöğan NATOni alyans turk armiyasiga Suriyaning Al-Bob şahrini IŞIDdan ozod qiliş böyiça amaliyotiga kömak bermayotganda aybladi.

“Al-Bobdagi amaliyotda biz NATO va ittifoqdoşlarimizdan bironta ham yordam körmayapmiz. Agar biz ittifoqdoş bölsak, NATO ham biz bilan birga bölişi kerak”, - deya ma'lum qildi Erdöğan Anqarada bir guruh olimlarga mukofotlar beriş marosimida sözga çiqib.

U Turkiya IŞIDga yordam berayotgani haqidagi ayblovlarni rad etdi. “Turkiya IŞID bilan kuraşda eng katta hissa qöşayotgan davlatdir”, - deya qöşimça qildi turklar yetakçisi.

Ma'lumot uçun, Turkiya armiyasi 24 avgustdan “Firot qalqoni” amaliyotini boşladi. U IŞID jangarilariga qarşi yönaltirilgan bölib, Suriya muxolifati kömagida çegara yaqinidagi Jaroblus şahri egallandi va ayni damda Al-Bob şahriga hujum boşlangan.