AQŞ prezidenti etib saylangan Donald Tramp amaldagi prezident Barak Obama hokimiyatning silliq topşirilişini ta'minlamayotganidan şikoyat qildi. U bu haqda tvitterda yozdi.
"Prezident Öning (Obama) köplab iğvogar gaplari va tösiqlariga e'tibor bermaslikka harakat qilmoqdaman. Hokimiyat silliq topşiriladi, degan öyda edim, biroq unday emas!", deb aytilgan Tramp xabarida.
Obama Trampni prezident kampaniyasi davomida bir neça marotaba tanqid qilgan, biroq milliarder bilan saylovlardan keyin uçraşgaç, "hokimiyatning silliq topşirilişi uçun har tomonlama kömak berişga" va'da bergan. Oq uyning ma'lum qilişiça, şundan keyin ikki siyosatçi bir neçta telefon muloqotlari ötkazişgan.
Tramp öz lavozimini bajarişga 20 yanvarda rasman kirişadi.












