Suriya prezidenti Başar Asad mamlakatdagi uruş barça terrorçilar yöq qilinmagunga qadar töxtamasligini ma'lum qildi. Bu haqda Tgcom24 xabar bermoqda.
«Suriyadagi uruş barça terrorçilar yöq qilingaç, tugaydi. Biroq, ming afsuski, terrorçilar boşqa davlatlar tomonidan qöllab-quvvatlanmoqda. Ular orasida Turkiya, Qatar, Saudiya Arabiston va köplab ğarb mamlakatlari bor», - dedi Asad.
Prezidentning ta'kidlaşiça, terrorçilarning Halabdagi mağlubiyati «uruş tugaşiga qöyilgan muhim qadamdir». Uning qöşimça qilişiça, muammoni hal qilişda mojarodagi barça tomonlar «bir-birlarini keçirişlari lozim».












