Rio-de-Janeyro politsiyasi Gretsiyaning mamlakatdagi elçisi Kiriakos Amiridisning jasadini topilganini ma'lum qildi. Elçi 3 kun avval turmuş örtoği bilan dam olayotgan vaqtida bedarak yöqolgan. Globo telekanali xabariga köra, diplomatik xodim jasadining taxminiy qoldiqlari Amiridis ijraga olgan, yonib ketgan avtomobil içida bölgan. 

Manbaga köra, maşina 59 yoşli elçi ğoyib bölgan Nova-Iguasu munitsipalitetidan topilgan. Elçining şaxsini tasdiqlaş uçun sud-tibbiyot ekspertizasi ötkazişga töğri keladi. 

Kiriakos Amiridisning yöqolgani haqida 28 dekabr kuni uning turmuş örtoği xabar bergan. Ayolning sözlariga köra, uning eri aslida 26 dekabrda ğoyib bölgan: u xotini savdo markazida paytida unga qönğiroq qilib, ketişini aytgan, biroq qayerga va neça kunligiga oydinlik kiritmagan.