Isroil innovatsiyalar boşqarmasi "Innovatsion vizalar" dasturi boşlanişini e'lon qildi. Bu dastur tadbirkorlarga Isroilda yaşaş va loyihaning moliyaviy kömagini olişga imkon beradi. Bu haqda Times of Israel xabar bermoqda.
Tadbirkorlar Isroilda 24 oy davomida yaşaşlari va davlat dasturi doirasida moliyaviy kömak olişlari mumkin böladi. Mamlakat hukumati ğoya yoki tayyor biznes-reja bosqiçida turgan loyihalarga 200 ming şekel (52 ming dollar) investitsiya qilişga va'da bermoqda.
Startap muvaffaqiyatli yaratilib, rivojlantirilsa, uning yaratuvçilariga "mutaxassis vizasi" berişni ma'qullaş rejalaştirilmoqda. Bu viza tadbirkorlarga yana 5 yil mamlakatda qolişga ijozat beradi.
"Bu dastur mamlakatga butun dunyodan yetakçi tadbirkorlarni ularning bilimlari, tajribalari va novatorlik ğoyalari bilan jalb qilişi kerak. Biz Isroilning innovatsiyalar va tadbirkorlik sohasidagi jahon yetakçisi sifatidagi pozitsiyalarini mustahkamlaşimiz mumkin böladi", deb aytdi Isroil iqtisodiyot vazirligi va Isroil innovatsiyalar boşqarmasi rahbari Avi Xasson.
2016 yil avgustda AQŞ prezidenti ma'muriyati xorijiy tadbirkorlarga mamlakatda köproq qolişga imkon beruvçi qonun loyihasini taqdim qilgandi. Unga köra, xorijlik mamlakatda yaşaşga tegişli ruxsatni olişi uçun AQŞda yaratilgan startapning kamida 15 foiziga egalik qilişi kerak.












