Madridda juft va toq avtomobil raqamlari tamoyiliga köra şahar markaziga kiriş çeklab qöyildi. The Guardian naşri ma'lumotlariga köra, bunday amaliyot Ispaniyada birinçi marta tatbiq qilinmoqda. Hukumat şu tariqa havoning yuqori ifloslanganlik muammosini hal qilmoqçi.
30 dekabrdan markazga kirişga taqiqlov 6:30 dan keçki 21:00gaça amal qila boşlaydi. Şaharga kirişga toq raqamlarga ega, atrof-muhitga çiqindi çiqarmaydigan va uç yoki undan köproq yölovçili gibrid modellar, moped va mototsikllar, taksi, jamoat va maxsus transportga ruxsat beriladi. Qoidabuzarlarga 90 yevro miqdorida jarima solinadi.
Ayni vaqtda Madridda 3,2 mln aholi bölgan holda 1,8 mln transport vositasi bor.
Bu qaror har kun ekologik holatga boğliq holda qayta körib çiqiladi. Havo ifloslanganligining eng yuqori "qizil" darajasi bir kub metr havoda 200 mikrogrammdan köproq azot dioksidi bölgan holatda kiritiladi. Agar taqiqlov amal qilsa, unda 31 dekabrda şahar markaziga faqatgina juft raqamli maşinalar kira oladi.

















