Prezident «Nuroniy» jamğarmasini kuçaytiriş töğrisidagi farmonini imzoladi
|01:52 / 30.12.201614 50912 min
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni «Özbekiston faxriylarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş «Nuroniy» jamğarmasi faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonni imzoladi. Hujjat matnini ÖzA keltirdi.
Özbekiston faxriylarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş «Nuroniy» jamğarmasining faoliyatini yanada takomillaştiriş, şuningdek, keksa yoşdagi fuqarolarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimi samaradorligini yanada oşiriş, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida töla huquqli iştirok etişi uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş, katta avlodning jamiyat, oilalar va mahallalarda tinçlik va osoyiştalikni ta'minlaş, şuningdek, yoş avlodni xalqimizning köp asrlik an'analarini hurmat qiliş ruhida tarbiyalaş işidagi rolini oşiriş maqsadida:
1. Özbekiston faxriylarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş «Nuroniy» jamğarmasi ta'sis majlisining Jamğarma nomini Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş jamoat birlaşmasi şaklidagi «Nuroniy» jamğarmasi (keyingi örinlarda «Nuroniy» jamğarmasi deb ataladi) etib özgartiriş va unga quyidagi asosiy vazifalarni hal etişni yuklaş haqidagi taşabbusi ma'qullansin:
faxriylarning Özbekistonni yangilaş va rivojlantirişning ma'naviy-axloqiy negizlarini mustahkamlaşda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol iştirok etişi uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş, oqsoqollar, keksa yoşdagilar va nogironlarni yoşlarni Vatanga muhabbat, keksa avlod kişilarini hurmat qiliş, ezgulik va rahmdillik singari xalqimizning köp asrlik an'analarini hurmat qiliş ruhida tarbiyalaşga yönaltirilgan ijtimoiy faoliyatga jalb etiş;
keksalarning hayoti darajasini oşiriş, pensiyaga çiqqandan keyin ularning yuqori ijtimoiy faolligini, şu jumladan, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi iştirokini va davlat organlari faoliyati ustidan jamoatçilik nazoratini amalga oşirişdagi iştirokini qöllab-quvvatlaş;
keksalar uçun nazarda tutilgan pensiyalar va imtiyozlar böyiça qonun hujjatlari qoidalari ijrosi ustidan jamoatçilik nazoratini ta'minlaş, uşbu masalada davlat boşqaruvi organlariga va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlariga kömaklaşiş, ehtiyojmand keksalarni va aholining boşqa qatlamlarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş va tibbiy yordam bilan ta'minlaş, uşbu maqsadlarda işlab çiqariş, tijorat, noşirlik, xayriya tadbirlarini va boşqa tadbirlarni amalga oşiriş;
fuqarolarning özini özi boşqariş organlari bilan birgalikda oilalarda tinçlik va xotirjamlikni ta'minlaş, yolğiz kişilar va ehtiyojmand keksalarni ijtimoiy va moddiy qöllab-quvvatlaş, şuningdek, ularning birinçi navbatdagi ehtiyojlari qondirilişida har tomonlama yordam beriş;
Mavzuga oid
keksalar uçun ularning yoşini hisobga olgan holda har xil ijtimoiy-madaniy tadbirlar, telemarafonlar, maxsus sport musobaqalari, keksa yozuvçilar, artistlar, xonandalar, rassomlarni va ijodiy ziyolilarning boşqa vakillarini taklif etgan holda ijodiy keçalar taşkil etiş.
2. Quyidagilar:
Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş «Nuroniy» jamğarmasining markaziy apparati tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş «Nuroniy» jamğarmasining Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridagi bölimlari tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş «Nuroniy» jamğarmasining tumanlar (şaharlar) dagi bölimlari tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi zamonaviy talablarni va Jamğarmaga yuklangan yangi vazifalarni hisobga olgan holda «Nuroniy» jamğarmasining yangi tahrirdagi ustavini tayyorlaş va davlat röyxatidan ötkazişda Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş «Nuroniy» jamğarmasiga kömaklaşsin.
3. 2017 yil 1 yanvardan boşlab «Nuroniy» jamğarmasining barça xodimlari — pensionerlarga pensiyalar Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan taşqari Pensiya jamğarmasi mablağlari hisobidan 100 foiz miqdorda tölangan holda «Nuroniy» jamğarmasi markaziy apparati va uning Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri, tumanlar (şaharlar) bölimlarining ştatdagi xodimlarini Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti hisobidan ta'minlaş va moddiy rağbatlantiriş tartibi joriy qilinsin.
4. Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklari 2017 yil 1 sentabrgaça har bir tuman va şaharda, qoidaga köra madaniyat va dam oliş istirohat boğlari hududida «Nuroniylar maskani» majmualari faoliyat körsatişini, ularda «Nuroniy» jamğarmasining Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridagi, tumanlardagi (şaharlardagi) bölimlarini joylaştiriş uçun xonalar ajratilişi yoki qurilişini ta'minlasinlar.
Majmualarni qurişda boy kitob fondiga ega bölgan kitobxonlar zallari, şaxmat, şaşka öynaş uçun dam oliş xonalari, keksalar uçun maxsus trenajyorlar bilan jihozlangan davolaş-jismoniy tarbiya zallari, şuningdek, oşxona va tibbiy xona taşkil etilişi, ularni zarur mebel, kompyuter texnikasi va aloqa vositalari bilan jihozlaş nazarda tutilsin.
Qonun hujjatlariga muvofiq «Nuroniy» jamğarmasi va uning bölimlari soliqlar va davlatning maqsadli jamğarmalariga majburiy ajratmalar tölovçilar hisoblanmasligi ma'lumot uçun qabul qilinsin.
5. Özbekiston Kasaba uyuşmalari federatsiyasi kengaşining mehnatkaşlarni soğlomlaştirişga yönaltiradigan mablağlarining 30 foizgaçasini pensionerlarni, birinçi navbatda 1941–1945 yillardagi uruş va mehnat fronti faxriylarini öz tizimidagi sanatoriylarda soğlomlaştirişga (şu jumladan, dori vositalari oliş uçun) har yili yönaltiriş, şuningdek, mehnatkaşlarga ularga ajratilgan yöllanmalarini özlarining ota-onalarini soğlomlaştirişga yuboriş huquqini beriş töğrisidagi taşabbusi qöllab-quvvatlansin.
6. Iqtisodiyot va işlab çiqariş, ilm-fan, madaniyat, ta'lim, soğliqni saqlaş, yurisprudensiya va boşqa sohalardagi uzoq yillik halol mehnatlari uçun mehnatkaşlarga, şuningdek, işlamaydigan, jamiyatda mustahkam oilani saqlab qolgan, farzandlarini kattalarga va kiçik avlodga hurmat, jamiyat oldidagi mas'uliyat, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalab hurmat qozongan onalarga taqdim etiladigan «Mehnat faxriysi» kökrak nişoni (I, II, III darajali) ta'sis etilsin.
Kökrak nişoni bilan taqdirlaş va uni topşiriş davlat va nodavlat notijorat taşkilotlarining, ularning taşkiliy-huquqiy şaklidan qat'i nazar, taklifi bilan amalga oşirilişi belgilab qöyilsin.
«Nuroniy» jamğarmasi Özbekiston matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda har bir tumanda «Mehnat faxriysi» nişoni bilan taqdirlangan şaxslar töğrisidagi qisqaça biografik ma'lumotnomalar aks ettiriladigan «Bizning faxriylarimiz» kitob-fotoalbomini yuritiş va uning har yili yangilab borilişini ta'minlasin.
Tumanlar va şaharlar hokimliklari «Mehnat faxriysi» nişoni bilan taqdirlangan şaxslar yaşaydigan xonadonlar va uy-joylar eşiklarida «Bu yerda I, II, III darajali ‘Mehnat faxriysi’ nişoni bilan taqdirlangan fuqaro (F.I.Ş.) istiqomat qiladi» yozuvi bölgan belgi örnatilişini ta'minlasinlar.
7. Özbekiston milliy teleradiokompaniyasi bir oy muddatda «Mahalla» telekanalida yoşi kattalarga bağişlangan va har kuni namoyiş qilinadigan «Keksalar davrasida» doimiy rubrikasini taşkil etsin, şuningdek «Mahalla» telekanalida har oyda «Otalar sözi — aqlning közi» telekörsatuvining bittadan yangi seriyasini tayyorlasin va namoyiş etsin.
8. Özbekiston matbuot va axborot agentligi:
«Nuroniy» jamğarmasining naşriyot bölimi faoliyatini taşkil etişga kömaklaşsin hamda har haftalik «Nuroniy» gazetasi va har oyda bir çiqadigan «Keksalik gaşti» jurnalining imtiyozli asosda naşr etilişini ta'minlasin;
«Nuroniy» jamğarmasining buyurtmanomasiga binoan «Nuroniy» jamğarmasining har bir bölimini respublikada naşr etiladigan kamida 10 nomdagi gazeta va jurnallar bilan, şuningdek, «Nuroniylar maskani» komplekslari öquv zallarining kitoblar bilan muntazam ravişda töldirib borilişini ta'minlasin.
9. Jamğarmani qöllab-quvvatlaş va uning faoliyatini amalga oşiriş uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş davlat organlari, nodavlat notijorat taşkilotlari, tadbirkorlik sub'yektlari, boşqa taşkilotlar va fuqarolarning keksa avlod oldidagi fuqarolik burçi hisoblansin.
10. Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, davlat qömitalari, idoralar, aksiyadorlik kompaniyalari, uyuşmalar va boşqa xöjalik birlaşmalari, taşkiliy-huquqiy şaklidan qat'i nazar, korxona va taşkilotlar rahbarlari zimmasiga pensiyaga çiqadigan xodimlarga doimiy ğamxörlik va e'tibor körsatişni, ularga zarur moddiy va ijtimoiy kömak beriş, mehnat jamoasining jamiyat hayotida faol qatnaşişini, şuningdek, har yili pensionerlardan, ayniqsa, yakka-yolğizlardan xabar oliş, tuğilgan kunlarida va bayramlarda ularga esdalik sovğalar berişni, ularning uy-joy, maişiy muammolarini hal etişda kömaklaşişni, sanatoriya-kurortda soğlomlaştiriş va davolaşni taşkil etişni, şuningdek muqaddas joylarga va ziyoratgohlarga ekskursiyalar taşkillaştirişni va boşqa ijtimoiy ahamiyatli tadbirlarni amalga oşirişni ta'minlaş yuzasidan şaxsiy mas'uliyat yuklansin.
Pensionerlar bilan oçiq muloqotni yölga qöyiş, ularning hayotiy muhim muammolarini muhokama qiliş va hal etişga yordam beriş maqsadida davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, korxona va taşkilotlar rahbarlariga pensiyaga çiqqan xodimlarini rahbariyat tomonidan qabul qiliş jadvallarini har oyda tasdiqlaş yuklansin.
11. Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimlari tomonidan har yil ikki marta «Mahalla» xayriya fondi, boşqa davlat va nodavlat notijorat taşkilotlari vakillarini jalb etgan holda «Nuroniy» jamğarmasi bölimlari rahbarlari, ularning faollari iştirokida keksalarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, yoşlarni tarbiyalaş, mahallalarda tinçlik va osoyiştalikni saqlaş, şuningdek «Nuroniy» jamğarmasi bölimlari faoliyati töğrisidagi hisobotlarni körib çiqiş böyiça kelgusidagi qöşma çora-tadbirlarni muhokama qilişni ötkaziş amaliyotga kiritilsin.
12. Respublika «Mahalla» xayriya fondi rahbariyatining:
jamoatçilik asosida fuqarolarning özini özi boşqariş organlarida (ovullar, qişloqlar, mahallalar) fuqarolar yiğini raisining örinbosari – keksalar va faxriylar işlari böyiça maslahatçi lavozimini joriy qiliş;
«Mahalla» xayriya fondiga Navröz va Mustaqillik umumxalq bayramlariga bağişlab ötkaziladigan haşarlardan tuşadigan mablağlarning 10 foizini har yili «Nuroniy» jamğarmasiga ötkaziş töğrisidagi taşabbusi qöllab-quvvatlansin.
13. Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
2017 yilda Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan «Nuroniy» jamğarmasi markaziy apparati, uning bölinmalari va naşriyot bölimi moddiy-texnika bazasini mustahkamlaşga 1,5 milliard söm ajratsin;
2017 yildan boşlab Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti parametrlarida uşbu Farmonda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oşiriş uçun zarur bölgan mablağlarni nazarda tutsin.
14. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uşbu Farmonda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oşiriş va «Mehnat faxriysi» kökrak nişoni töğrisidagi nizomni tasdiqlaş böyiça bir oy muddatda çora-tadbirlar körsin.
15. Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, «Nuroniy» jamğarmasi va boşqa manfaatdor vazirliklar va taşkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga uşbu Farmondan kelib çiqadigan qöşimça va özgartirişlar böyiça Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekiston faxriylarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş ‘Nuroniy’ jamğarmasi töğrisida’ 1996 yil 4 dekabrdagi PF-1655-son Farmoni öz kuçini yöqotgan deb hisoblansin.
17. Mazkur Farmonning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A. N. Aripov zimmasiga yuklansin.