Rossiyaning Damaşqdagi elçixonasi takroran öqqa tutildi. Bu haqda Rossiya taşqi işlar vazirligi saytida ma'lum qilingan.
"29 dekabrning ikkinçi yarmida Damaşq yaqinidagi, jangarilar tomonidan nazorat qilinuvçi hududdan otilgan mina Rossiya elçixonasining konsullik bölimi yoniga tuşgan", deb aytdi taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova.
Ta'kidlanişiça, mina elçixona binosiga arzimas şikast yetkazgan. Jabrlanganlar yöq.
"Rossiya elçixonasiga navbatdagi hujum yöl qöyib bölmaydigan hisoblanadi va qat'iy qoralaşga loyiqdir. Ekstremistlarning Suriyada jangovar harakatlarni töxtatiş tartibini ta'minlaşga sa'y-harakatlarga putur yetkazişga urinişlari oldi olinişi kerak", deb aytgan Zaxarova.

















