Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni “Özbekiston faxriylarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonni imzoladi.

Xususan, farmonda iqtisodiyot va işlab çiqariş, ilm-fan, madaniyat, ta'lim, soğliqni saqlaş, yurisprudensiya va boşqa sohalardagi uzoq yillik halol mehnatlari uçun mehnatkaşlarga, şuningdek işlamaydigan, jamiyatda mustahkam oilani saqlab qolgan, farzandlarini kattalarga va kiçik avlodga hurmat, jamiyat oldidagi mas'uliyat, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalab hurmat qozongan onalarga taqdim etiladigan "Mehnat faxriysi" kökrak nişoni (I, II, III darajali) ta'sis etilişi belgilab qöyildi.

Kökrak nişoni bilan taqdirlaş va uni topşiriş davlat va nodavlat notijorat taşkilotlarining, ularning taşkiliy-huquqiy şaklidan qat'i nazar, taklifi bilan amalga oşiriladi.

Şuningdek, tumanlar va şaharlar hokimliklari “Mehnat faxriysi” nişoni bilan taqdirlangan şaxslar yaşaydigan xonadonlar va uy-joylar eşiklarida “Bu yerda I, II, III darajali “Mehnat faxriysi” nişoni bilan taqdirlangan fuqaro (F.I.O.) istiqomat qiladi” yozuvi bölgan belgi örnatilişini ta'minlaşlari ham belgilab qöyildi.