Yoşlarni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qiliş, ularning axborot texnologiyalaridan foydalaniş könikmalarini şakllantiriş, kitobxonlikni tarğib qiliş, xotin-qizlar bandligini oşirişga qaratilgan 5 ta muhim taşabbus hayotga samarali tatbiq etilmoqda.

Uşbu islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini xalqimizga yetkaziş, tarğibot tadbirlarini mahallalar böyiça ötkaziş, aholi kayfiyatini kötariş maqsadida “Yangi Özbekiston – yangiça dunyoqaraş” ma'naviy-ma'rifiy tarğibot tadbirlarini taşkil etiş rejalaştirilgan. Tarğibot tadbirlarini yil davomida ötkaziş böyiça taşkiliy qömita va Respublika ştabi iş boşladi.

Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatçilikka yetkaziş işlarini mahallalarda taşkil etiş böyiça Respublika ştabining 7 yönaliş böyiça işçi guruhi tuzildi. Ularga tarğibot guruhlari faoliyatini taşkil etiş va muvofiqlaştiriş, tarğibot materiallarini tayyorlaş va yetkaziş, oliy ta'lim muassasalari tomonidan mahallalarda tarğibot işlarini tizimli olib boriş kabi vazifalar yuklatildi. Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi “Ma'rifat” tarğibotçilar guruhi va Yozuvçilar uyuşmasi a'zolari, siyosatçilar, olimlar, madaniyat arboblari, san'atkorlar, psixologlar hamda yoşlardan iborat Respublika tarğibot guruhlari taşkil etildi. Sohaviy yönalişlar böyiça 14ta hududiy tarğibot guruhi şakllantirildi.

– Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasida 194 nafar tarğibotçi olim uçun maxsus öquvlar taşkil etildi, – dedi “Nuroniy” jamğarmasi respublika boşqaruvi raisi, Oliy Majlis Senati a'zosi, Respublika ştabi rahbari Sodiqjon Turdiyev. – Olimlar ikki guruhga bölingan holda öquvlarda iştirok etadi. Birinçi guruh 2-4 noyabr, ikkinçi guruh esa 5-7 noyabr kunlari öquvlarda qatnaşadi. Şundan söng mazkur Respublika tarğibot guruhi hududlardagi 1872 nafar tarğibotçini tayyorlaydi. Ularga tarğibot materiallari yetkazib beriladi.

Ta'kidlanişiça, tarğibotçilar 9 ming 150 dan ortiq mahallaga kirib boradi. Tarğibot guruhlari joylarga çiqqan holda aholini yurtimizda va dunyoda bölayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan xabardor qiladi. Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini jamoatçilikka ta'sirçan usullarda yetkazadi. Aholining kayfiyatini kötariş, ularda islohotlarga daxldorlik tuyğusini mustahkamlaş, mehr-oqibat, şukronalik, özaro yordam kabi milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yanada kuçaytirişga qaratilgan madaniy-ma'rifiy tadbirlar taşkil etiladi. Bunda har bir tuman, şaharning öziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, öşa hududlarda amalga oşirilayotgan islohotlarning aholi keng qatlamiga yetkazilişi ta'minlanadi.