18 yanvar kuni Toşkent şahrida Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati — Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengaşining majlisi ötkazildi.
Unda hozirgi siyosatning bir qança taniqli vakillari, şuningdek, partiya tarixida öz örniga ega bölgan kişilar ham iştirok etdi.
Sodiqjon Turdiyev 2013 yil dekabrida ÖzLiDeP yetakçiligiga saylangan, 2015 yilda esa Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikeri örinbosari bölgandi.
Ikki kun avval, 17 yanvar kuni Sodiqjon Turdiyev yangi vazifa, Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş «Nuroniy» jamğarmasi respublika boşqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi.
Kun.uz muxbiri tadbirda iştirok etgan Sodiqjon Turdiyev bilan yangi faoliyati va jamiyat hayotida keskinligi tobora ortib borayotgan oilaviy ajrimlar masalasi, jamğarmaning va bu boradagi örni masalasida kiçik intervyu taşkil qildi.

«Bizning vazifamiz nuroniylarning jamiyat hayotidagi faolligini ta'minlaş»
Sobiq siyosiy rahbar qanday maqsad va rejalar bilan jamğarma rahbarligiga tayinlandi? Oldinda qanday rejalar belgilangan? Sodiqjon Turdiyev savolga quyidagiça javob berdi:
– Avvalo, menga şunday mas'uliyatli lavozimni işonib topşirgani uçun prezident Şavkat Mirziyoyevga rahmat aytaman.
«Nuroniy» jamğarmasi bundan keyin ham yangi siyosatning xalq içidagi tarğibotçisi bölişda davom etadi.
Jamğarma şuningdek, nuroniylarning jamiyat hayotidagi nufuzini kötarişga ham harakat qiladi.
«Qaçonki yoşlar iş bilan band bölar ekan, oilada totuvlik, baraka böladi»
Bugun dunyoning köplab mamlakatlarida bölgani kabi Özbekistonda ham oilaviy ajrimlar masalasi keskin tus olib bormoqda.
Globallaşuv davri, axborot, internet, ijtimoiy tarmoqlar rivoji va ommaviy madaniyatning şafqatsiz xuruji natijasi sifatida körilayotgan bu holatga qarşi samarali kuraş yöllari nimalardan iborat? Jamğarmaning bugungi kundagi nufuzi bu muammoga qarşi kuraşişga yetadimi?











