Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş «Nuroniy» jamğarmasi Vasiylik kengaşining kengaytirilgan yiğilişi bölib ötdi. Yiğilişda Özbekiston Respublikasi Boş vaziri A.Aripov va Özbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatçisi R.Qosimov iştirok etdi.

Videoselektor şaklida ötkazilgan yiğilişda «Nuroniy» jamğarmasi Vasiylik kengaşi a'zolari, respublika boşqaruvi xodimlari, davlat va jamoat taşkilotlari rahbarlari iştirok etdi. 

Yiğilişda taşkiliy masala körildi. «Nuroniy» jamğarmasi Vasiylik kengaşi qaroriga köra şu paytga qadar jamğarmaning respublika boşqaruvi raisi lavozimida işlab kelgan Şuhrat Jalilov boşqa işga ötgani sababli lavozimidan ozod etildi. 

Uning örniga Özbekiston Qahramoni Sodiqjon Turdiyev «Nuroniy» jamğarmasi respublika boşqaruvi raisi etib saylandi. 

  • Ma'lumot uçun, Sodiqjon Turdiyev 2010—2013 yillarda Xalq deputatlari Asaka tuman kengaşi deputati bölgan. 2012 yilga qadar «Asaka jilosi» fermer xöjaligiga rahbarlik qilgan. 2012 yil noyabrida Özbekiston Fermerlar kengaşi raisligiga saylangan. U 2013 yil dekabrida ÖzLiDeP yetakçiligiga saylangan, 2015 yilda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikeri örinbosari bölgandi. 2018 yilning avgustida esa partiya liderligini tark etib, Andijon viloyatining Jalaquduq tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.
  • 2019 yilning avgustida Sodiqjon Turdiyev salomatligi tufayli tuman hokimi lavozimini tark etgani haqida xabar tarqalgan, ammo u keyinroq yana hokimlik vazifasini bajarişda davom etayotgandi.