Volvo kompaniyasi internet orqali matnli, tovuşli va video aloqani ta'minlovçi dastur Skype’ni avtomobilga örnatgan birinçi avtomobilsozlik kompaniyasi böldi. Biroq dasturning şved markasi maşinalaridagi funksiyalari konferents-aloqani qöllab-quvvatlovçi ovozli qönğiroq bilan çeklangan.  

"Skayp" bilan 90-seriya modellari: krossover XC90, sedan S90 va universal V90 jihozlanadi. Skype for Business versiyasidagi dastur multimedia tizimiga töliq integratsiya qilingan, uning uçun alohida ilova közda tutilgan, boşqariş esa multimedia tizimining taçskrin yoki ruldagi tugmalar bilan amalga oşiriladi.

 90-seriya egalari "Skayp" orqali qönğiroqlarni qabul qilişi yoki amalga oşirişi hamda bir neça suhbatdoşlar bilan bir vaqtda konferents-aloqa taşkil qilişi mumkin. Bundan taşqari, dasturda suhbatlarni keyin tinglaş uçun uni yoziş imkoniyati közda tutilgan.

"Volvo" Microsoft bilan hamkorlik doirasida yangi loyihani taqdim qildi. Gap Cortana dasturi haqida ketmoqda. Bu virtual şaxsiy yordamçi bölib, yaqin orada bu marka avtomobillarida paydo böladi. Nutqni anglaş orqali işlovçi tizim odamlarga kundalik muammolarni hal qilişda yordam berişga möljallangan.