AQŞdagi eng qari arslon Filadelfiya hayvonot boğida evtanaziya qilindi, deb xabar berdi Associated Press.
Hayvonot boği vakillarining sözlariga köra, 25 yoşli Zenda laqabli jonivor avvaliga harakatlanişda qiynalgan, söng uning özini tutişi özgargan. Şundan keyin jonivorni evtanaziya qiliş haqida qaror qabul qilindi.
Boğ rahbariyatining ta'kidlaşiça, Zenda taşrif buyurgan tomoşabinlarda juda katta qiziqişga sabab bölgan. Bundan taşqari, şerlar taxminan 17 yil yaşaşi ham xabar qilindi.
Ma'lumot uçun, Zenda Janubiy Afrikadagi Yoxannesburg hayvonot boğida 1991 yilda dunyoga kelgan. U ikki yildan söng Filadelfiyaga yana uçta boşqa şerlar bilan birga olib kelingan.
Ta'kidlanişiça, Filadelfiya hayvonot boğida ayni damda yana oltita afrika şeri bor.












