AQŞning Tennesi ştatida yaşovçi ayol bor bisotini uy hayvonlariga meros qilib qoldirdi, deb xabar bermoqda The Washington Post naşri.

Naşrning ta'kidlaşiça, ayolning ölimidan keyin uning ta'ziyanomasida u "hayvonlarni aşaddiy yaxşi körgani" va şuning uçun barça davlatini ularga qoldirgani yozilgan bölgan. Amaldorlar bir yil ötib uning bu vasiyatini tasdiqlaşgan.

"Glenda Teylor DeLauder muşuk va itlarini şunçalik yaxşi körganki, özining barça mulkini bu jonzotlarga yordam beriş uçun qoldirgan. Köplab odamlar öz uy hayvonlarini bolalaridek yaxşi körişadi va öz farzandlariga ega bölmagan köplab odamlar öz hayvonlarini bolalar deb hisoblaşadi. Okrugimizdagi bir fuqaro bu muhabbatning namunasi böldi", deb aytildi ayol yaşagan Kanter-Kaunti okrugi meri Leon Xamfri bayonotida.

Ta'kidlanişiça, ayolning hayvonlarga qoldirgan mulki 1,2 mln dollarga baholangan.