Keyingi avloddagi Infiniti QX50 krossoveri kontsepti suratlari paydo böldi. Kontsept 2017 yilda Detroytdagi avtoşouda ilk marotaba namoyiş qilinadi.
Suratlarga köra, yangi maşina Pekin avtosalonida körsatilgan Infiniti QX Sport Inspiration prototipiga öxşaydi. Ikki maşina örtasidagi sezilarli farqlar sifatida faqatgina ularning orqa qismi bezalişini aytiş mumkin: QX50’da çiroqlar ostida dekorativ "oyquloqlar" paydo bölgan.

Şu bilan birga maşinalar osma elementlar bezalişi va çiroqlari konfiguratsiyasida biroz farqqa ega. Şuningdek, yangi modelda yon oynalar ramkasi paydo bölgan.
Keyingi avloddagi QX50 kontsepti haqida boşqa ma'lumot yöq. Taxmin qilinişiça, maşinaning seriyali versiyasi motor gammasiga 270 ot kuçiga ega 2 litrli turbomotor va 3 litrli, 6 silindrli ikki turbinali motor kiradi.

















