Toyota avtomobilsozlik kompaniyasi keyingi avlod Avalon sedanining tizerini namoyiş qildi. Modelning ilk ommaviy namoyişi 2018 yil yanvarda Detroytdagi avtosalonda bölib ötadi.
Maşina yangi Toyota New Global Architecture platformasida quriladi. Bu platforma avval oxirgi avlod Toyota Camry modelini qurişda qöllangan. Sedanning dizayni, jumladan old qismi markaning oxirgi modellari uslubida bajariladi.
Old privodli Toyota Avalon AQŞ bozorida 272 ot kuçiga ega 3,5 litrli, 6 silindrli dvigatel bilan çiqariladi. Maşinada 6 poğonali avtomat uzatmalar qutisi örnatiladi.
Modelning jihozlari qatoriga yoruğlik-diodli faralar, isitiş va şamollatişga ega old örindiqlar, smartfonlar uçun simsiz quvvatlagiç, navigatsiya tizimi va trafikni real vaqtda körsatiş imkoniga ega multimedia tizimi kiradi.

















