AQŞ Detroyt şahrida vertolyotdan odamlar ustiga pul soçildi.
Detroit News xabariga köra, bu bir kun oldin vafot etgan mahalliy avtoyuviş şoxobçasi egasining sönggi istagi bölgan.
«Pul yomğiri» paytida yaqin atrofdagi avtomagistral böylab harakatlanayotgan köplab haydovçilar töxtab, piyodalar qatori pullarni uşlab olişga harakat qilgan.
Guvohlarning aytişiça, tartibsizlikka qaramay, vaziyat tinç ötgan. Taxminan yarim soatdan keyin voqea joyiga yetib kelgan politsiya yölning bir qismini tösib qöygan.
Vertolyotdan qança miqdorda pul soçilgani ma’lum emas, guvohlar minglab dollar haqida xabar bergan.

















