Rasmiy Pekin Vaşingtonni Tayvan prezidenti Tsay Invenga AQŞda vaqtinçalik töxtaşiga ruxsat bermaslikka çaqirdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Xitoy AQŞning Invenga Lotin Amerikasiga safari davomida vaqtinçalik töxtaşga ruxsat berişini Tayvan ozodligi uçun kuraş olib borayotganlar uçun “yolğon signal” bölişi mumkin, deb baholamoqda.

Avvalroq, amerikalik diplomatlar Tayvan rahbarining mamlakatda töxtab ötişi “tan olinmagan davlat bilan norasmiy döstona munosabatlar” amaliyoti doirasida röy berişini ma'lum qilişdi.