Abu Hurayra roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi: “Agar bir kişi: “Odamlar halok böldi”, desa, uning özi eng birinçi halok bölibdi!” (Muslim, Buxoriy, Abu Dovud, Molik, Ahmad va Ibn Hibbon rivoyat qilgan).  Bu hadisda odamlarga qanday xitob qiliş, ularni dinga qay tarzda çaqiriş haqida juda zarur yöl-yöriq körsatilmoqda.

Ba'zi kişilar omma-musulmonlarning holati xususida gap ketganda, “Zamon özgarib ketdi”, “Hozirgi odamlar buzilib ketgan”, “Yaxşi odamning özi qolmagan”, deb noliydilar. Bu gapning kimga qançalik foydasi bor? Bu gapni gapirayotgan odam nima demoqçi özi? Bunday kimsaning gapidan şunday ma'no çiqadi: hamma musulmonlar buzilib ketgan-u, faqat uning özi yaxşiligiça qolgan. Undan özgalar yomon odam-u, faqat u solih banda.

“Odamlar falon bölib ketdi”, “Endi umid yöq”, “Nasihatning nafi yöq” kabi gaplar mutlaqo notöğri. Bu Islomga zid gap. Bunday söz takabbur, burni osmonda, oyoği yerdan uzilgan, özini öylovçi xudbin kişilardan çiqadi. Bu qabildagi sözlarni yaxşilikdan umidi yöq, şaytonga hamroh bölgan kimsalar aytadi.

Aslida musulmon banda barçaga birdek muloyimlik bilan muomala qiladi. Allohga imon keltirgan banda bağrikeng, oqköngil va samohatli böladi. Şundagina u odamlarning köngliga yöl topa oladi va ulardagi kamçiliklarni tuzatişga harakat qiladi. Alloh va Rasuli odamlarni çiroyli yöllar bilan Islomga çaqirişni, buning uçun ruxsat etilgan har xil usul va vositalarni işga solib, bu yölda sabrli bölişni, ayni paytda özini kamtar tutişni amr qilgan.

Minbarda ma'ruza qilayotgan voiz tilidan çiqadigan “Odamlar buzilib ketdi” degan gap, odamlar endi önglanmaydi, ularni töğri yölga soliş mumkin emas, ularga haqiqatni tuşuntirib bölmaydi, deyiş bilan barobar. Özini aqlli deb bilgan, aslida bunday sifatlardan ança uzoq bölgan kaltabin kimsalargina aytadi bunday gaplarni. Şuni unutmaylik, odamlarni tuşkunlikka tuşirişga, ularni Allohning rahmatidan noumid qilişga heç kimning haqi yöq.

Imom Navaviy aytadi: “Ulamolar bu hadis odamlarni kamsitiş, yerga uriş, özini ulardan ustun qöyiş maqsadida gapirgan kişi xususida aytilganiga ittifoq qilişgan. Ammo özida ham, odamlarda ham mavjud nuqson va kamçiliklarni körib, joni açiganidan kuyinib gapirsa, zarari yöq”.

Haqiqatan, atrofdagilarning Islomga beparvoligidan, ayrim musulmonlarning özaro munosabatlari yaxşi emasligidan kuyunib gapiradigan insonlarni hadisda aytilgan kişilar qatoriga qöşiş töğri emas. Lekin şunda ham kişi öziga ehtiyot bölişi, odamlarni ayblab, özini fariştadek oppoq sanamasligi, tilidan çiqayotgan har bir sözga e'tiborli bölişi lozim.