Özbekiston Davlat raqobat qömitasi va Singapurning Indorama kompaniyalar guruhi Indorama Kokand Fertilizers qöşma korxonasini yaratiş töğrisidagi bitimni imzolaşdi. Bu haqida Uzdaily ma'lum qildi.

Kimyo sanoatidagi yangi qöşma korxona Qöqon superfosfat zavodi bazasida yaratilib, eng zamonaviy texnologiyalar böyiça mineral öğitlarni işlab çiqaradi. 

Loyihada işlab çiqarişga yangi texnologiyalarni jalb qiliş va modernizatsiyalaş bilan bir qatorda fosfat dikalsiy va kaliy sulfat kabi yangi turdagi mineral öğitlarni işlab çiqarişni taşkillaştiriş közda tutilgan. 

Qöşma korxonada xorijiy investorning uluşi 75 foizni taşkil qiladi. Kompaniya 80 million dollardan ortiq sarmoya kiritgan. Loyiha yaqin 5 yil davomida, bosqiçma-bosqiç amalga oşirilişi rejalaştirilmoqda.