Özbekiston hukumati Sirdaryo viloyatining Yangiyer şahrida kiçik sanoat hududi taşkil etmoqçi.

Me'yoriy-huquqiy hujjatlarni muhokama qiliş portalida Vazirlar Mahkamasining "Sirdaryo viloyatining Yangiyer şahrida kiçik sanoat hududi yaratiş töğrisida"gi qarori çop etildi.

Qarorga köra, kiçik sanoat hududi Yangiyerning sanoat salohiyatini rivojlantiriş, kiçik biznes sub'yektlari tomonidan yangi işlab çiqarişga investitsiyalarni jalb qiliş, yangi iş örinlari yaratiş va aholi daromadlarini oşirişga qulay şaroitlarni şakllantiriş uçun yaratiladi.

Ta'kidlanişiça, sanoat hududi 30 yil faoliyat yuritadi. Şu bilan birga bu muddatni uzaytiriş mumkin. 

Hujjatda aytilişiça, sanoat hududida kiçik biznes sub'yektlari işlab çiqariş quvvatlari joylaştiriladi.

Bu yerda töqimaçilik, poyabzal va çarm-attorlik, ekologik xavfsiz kimyo, oziq-ovqat, elektrotexnik sanoat mahsulotlari, quriliş materiallarini işlab çiqaruvçi zamonaviy korxonalarni yaratiş böyiça loyihalar amalga oşiriladi.   

Hukumat sanoat hududi iştirokçilariga soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim qiladi. Imtiyozlar agar kiritilgan investitsiyalar hajmi eng kam iş haqining kamida 2 ming barobarini taşkil qilsa, uç yillik muddatga beriladi.

Agar iştirokçining yillik tuşumi eng kam iş haqining ming barobaridan kamroq bölsa, berilgan imtiyozlar bekor qilinadi.