«Liverpul» jamoasi boş murabbiyi Yurgen Klopp APLning 19-turida «Mançester Siti»ga qarşi öyindagi 1:0 hisobidagi ğalabadan keyin fikrlarini bildirib ötdi.

«Mançester Siti»ning saviyasini alohida qayd etişim kerak. Jamoa öyinga borini berdi va ğalaba uçun öynadi. Xayriyatki, biz yenga oldik. Buni uddaladik. Endi biz duşanba kuni yana öynaşimiz kerak.

Bu juda qiyin böldi. Lekin biz yaxşi himoyalana oldik va ajoyib gol urdik.

Ikkinçi bölimda biz köp töp yöqotdik – bu biz uçun katta muammo. Lekin aytişim kerakki, ular yaqqol golli vaziyatlar yarata olişmadi.

Bilaman, köpçilik bizning himoyamiz yaxşi emasligini aytadi. Ammo faqat gol ötkazilmagan öyinlardagina himoyada yaxşi öynaldi deyiş xato. Ötkazilgan golga butun jamoa javobgar böladi. Albatta quruq öyin ötkaziş jamoaning öyini natijasidir.

Menimça, bizning darvozamizga liga jamoalari böyiça eng kam zarbalar beriladi. Bugungi öyinga barça futbolçilar bor e'tiborlarini qaratişgandi. Himoyamizni tanqid qilişlari meni taşvişga solmaydi», – degan Klopp.