Qozoğistonning BMT Xavfsizlik Kengaşi doimiy bölmagan a'zosi sifatidagi maqomi 1 yanvardan boşlab kuçga kirdi va bu 2018 yilning oxiriga qadar amalda böladi.
Qozoğiston 28 iyun kuni ilk marta BMT Boş Assambleyasi tomonidan Boliviya, Şvetsiya va Efiopiya qatorida 2017-2018 yillar uçun Xavfsizlik kengaşining muvaqqat a'zolari etib tanlangandi. Boş Assambleyada bölib ötgan saylov davomida Qozoğiston BMTga a'zo 138 mamlakatning ovozini qölga kiritib, 55 ovoz olgan Tailandni ortda qoldirgandi.
BMT tuzilganida uning safida 51 mamlakat bölgan, ayni damda 193 mamlakat BMT a'zosi hisoblanadi.
Qozoğiston Xavfsizlik kengaşi tarkibiga heç qaçon kirmagan BMTga a'zo 68 davlat qatorida edi. Ular orasida Afğonistan, Albaniya, Gruziya, Isroil, Kipr, Qirğiziston, KXDR, Moldova, Serbiya, Tojikiston, Turkmaniston, Özbekiston, Şveytsariya va Estoniya bor.
Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Xavfsizlik Kengaşi — BMTning asosiy doimiy işlovçi siyosiy organi; BMT Ustavi 24-moddasiga binoan xalqaro tinçlik va xavfsizlikni saqlab turiş uçun asosiy javobgarlik BMT Xavfsizlik Kengaşi zimmasiga yuklatilgan. BMT Xavfsizlik Kengaşining faoliyat doirasi BMT Ustavi (V—VII boblar)da aniq körsatilgan va davlatlar örtasidagi nizolarni tinç yöl bilan hal etiş sohasida keng vakolatlar berilgan. U xalqaro töqnaşuvlarni yoxud nizolarni keltirib çiqarişi ehtimol tutilgan har qanday nizo yoki holatni tekşiriş vakolatiga, tinçlikka har qanday tahdid va uni har qanday buziş yoki agressiya hollarini aniqlaş hamda xalqaro tinçlik va xavfsizlikni saqlab qoliş yoxud tiklaş yuzasidan tegişli tadbirlarni belgilaş hamda tavsiyalar beriş huquqiga egadir. BMTga a'zo 15 davlat: 5 doimiy va 10 muvaqqat a'zodan iborat. BMT Ustavi 23-moddasiga köra, AQŞ, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy va Rossiya BMT Xavfsizligi Kengaşi doimiy a'zolaridir. Muvaqqat a'zolar esa Boş Assambleya tomonidan 2 yillik muddatga saylanadi, uning har bir sessiyasida 5 muvaqqat a'zo qayta saylanişi şart. Muvaqqat a'zolar örni quyidagiça taqsimlanadi: Osiyo va Afrika davlatlaridan —5 a'zo, Şarqiy Yevropa davlatlaridan— 1 a'zo, Lotin Amerikasi davlatlaridan—2 a'zo, Ğarbiy Yevropa va boşqa davlatlar (Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya)dan—2 a'zo. BMT Xavfsizlik Kengaşiga a'zo har bir davlat unda bir vakilga ega böladi. BMT Xavfsizlik Kengaşi uzluksiz işlaydi, uning majlislari orasidagi tanaffuslar 2 haftadan oşmasligi şart. Mazkur majlislarda davlatlar vakili ingliz tilidagi rasmiy nomi böyiça alifbo tartibida bir oy mobaynida navbatma-navbat raislik qiladi. BMT Xavfsizlik Kengaşi majlislari oçiq böladi; uzrli sabablarga binoan majlis yopiq deb e'lon qilingan hollar bundan mustasno.












