Xitoy raisi Si Tszinpin Yangi yil murojaati bilan çiqib, 2017 yilda butun dunyoga tinçlik tilab qoldi va jahon hamjamiyati vujudga kelgan muammolarni yengişiga umid bildirdi.
Xitoy yetakçisining murojaati Xitoy markaziy televideniyesi orqali uzatildi.
"Xitoy xalqi yangi yilda nafaqat u, balki barça davlatlar aholisi yaxşi yaşaşiga umid bildiradi. Ayni vaqtda ba'zi davlatlar va mintaqalar hanuzgaça harbiy nifoqlar va noçorlikdan aziyat çekmoqda, kasalliklar va musibatlar köplab odamlarning hayotiga bostirib kirmoqda. Men sayyoramizda yanada tinçroq va gurkirayotgan muhit quriş uçun jahon hamjamiyati qölni-qölga berib, "yagona taqdirli hamjamiyat" konsepsiyasiga amal qilişiga çin dildan umid qilaman", deb aytdi Xitoy raisi.
Si Tszinpin 2016 yil Xitoy uçun "noodatiy va unutilmas" bölganini qöşimça qildi. Xitoy yetakçisi davlatining kosmonavtika sohasida muvaffaqiyatlarini ta'kidlab ötdi. U, şuningdek, yangi yilda Xitoy hukumati 13-beş yillik rejaga (2016-2020 yillar) belgilangan ijtimoy-iqtisodiy rivojlaniş dasturlarini amalga oşirişni davom ettiradi, deb aytdi.












