Nyu-York şahridagi jonivorlar uçun möljallangan boşpanalardan birida yaqinda tibbiyot tajribasida birinçi marta insonning muşukdan parranda grippini yuqtirgan holati qayd etildi. Muşukning kasalligi juda oğir keçganligi uçun uni umrbod uxlatib qöyişga töğri keldi. Biroq veterinarlar jonivorning kasalligini aniqlagunga qadar muşuk muassasa işçilaridan biriga virus yuqtirişga ulgurdi.
Şuni ta'kidlaş joizki, H7N2 virusi (parranda grippi) boşqa tarqalmadi, uni yuqtirgan işçi esa kasallikni oson ötkazib, soğayişga ulgurdi. Bundan avval boşqa hayvondan parranda grippini yuqtiriş holatlari mutlaqo uçramagan. Nyu-York soğliqni saqlaş boşqarmasining tadqiqotlariga köra, 19 dekabrdan 26 dekabrgaça 100dan ortiq muşukning qonida H7N2 grippi belgilari aniqlangan, bu muşuklarning taxminan yarmi veterinar işlagan qöriqxonada yaşagan. Muşuklarning qanday qilib bu kasallikni yuqtirgani haligaça noma'lum.
Boşqarma vakillari bundan vahimaga tuşib, jonivorlardan xalos bölişga hojat yöqligi, şunçaki ularning soğliğini nazorat qilib turiş kerakligini ta'kidlaşdi. Kasallikning ilk belgilari paydo bölgan taqdirda yaqin oradagi klinikaga murojjat qiliş hamda gigena qoidalariga rioya qiliş tavsiya etildi. Yer şarining boşqa şaharlarida bunday holat aniqlanmagan, ekspertlar bu yagona şunday holat bölganligiga umid qilişmoqda.












