Sahrolar, ehromlar, gözal maskanlar, taşlandiq şaharlar - bularning bari sayohatçilarning ön minglab suratlarda aks etgan. Sayyohlar hadeb bir joyga boravergan sari ularning tarovati yöqolib bormoqda. Aynan yangi va noodatiy maskanlar qiziqtiruvçi insonlar uçun Don't Panic naşri deyarli heç bir sayyohning közi tuşmagan ajoyib manzarali joylar haqidagi ma'lumot bilan bölişdi. 

Nunavut (Kanada)

Kanadaning uzoq şimolida "Qor malika" illyustratsiyasiga öxşaş, yovvoyi Nunavut hududi mavjud. Qirğoqdan bir neça kilometr narida haqiqiy aysberg böylab sayr qilişingiz va özingizni Kay yoki Gerdadek his qilişingiz mumkin. 

Torre Di Pisa (Dolomit, Italiya)

Torre Di Pisa mehmonxonasigaça yayov yurib kelişga töğri keladi - bu yerga yetiş oson bölmasligi aniq. Yöl yakunida holdan toygan sayyohlar mehmonxonaning qulay xonalarida orom olişlari mumkin böladi, bu yerning mazarasini esa söz bilan ta'riflab bölmaydi. 

Narrou-Loj (Vud-Tikçik milliy parki, Alyaska)

Uşbu kiçik baliqçi uyi yarim orolning eng çekkasida, milliy park band qilgan hududda joylaşgan. Bu yerdan eng yaqin joygaça bölgan masofa - 600 kilometr, şu bois bu yerga faqat gidrosamolyotda yetib oliş mumkin. Narrou-Lojda dam oliş arzonga tuşmasligi aniq, biroq bu yerda baliq tutiş bir umr yodda saqlanib qoladi. 

Yöqotilgan şahar (Kolumbiya)

Kolumbiya junglisida yöqoliş xavfi ostidagi şahar joylaşgan. Bu yerga  taşrif buyuriş uçun bir neça kun kerak böladi - Santa-Ananing maxsus gidlari dovyurak sayyohni bu yovvoyi örmonda sayr qildirişdan xursand bölişadi. Junglidagi qadimiy vayronalar - yaxşi saqlangan 200 inşoot - har qanday sayyohni arxeologiyaga qiziqtirib qöyadi.