2017 yil innovatsiyalarga boy bölişiga şubha yöq, ularning ba'zilari hayotingizni özgartirib yuboradi, boşqalari esa özingiz sezmagan holda hayotning bir qismiga aylanadi. Mashable naşri 2017 yilning eng asosiy texnotrendlariga doir ma'lumot bilan bölişdi. 

Virtual reallik

Foto: Insider.Pro

2016 yilda virtual reallik texnologiyalari oldinga jadal qadam taşladi, biroq ular bizning hayotimizga inqilobiy özgarişlarni olib kirmadi. Bu mavzu 2017 yilda ham dolzarbligiça qolib, ular qiziqarli texnik yangilikdan hayotning turli jabhalariga tatbiq etiluvçi amaliy qarorlar yeçimiga aylana boşlaydi. 

2017 yilda yangi qurilmalar u qadar köp işlab çiqarilmasligi mumkin, lekin VR integratsiya loyihalari köp bölişi kutilmoqda. Bundan taşqari, 2017 yilda inson va virtual reallikning özaro aloqasi yölga qöyiladi. Şuningdek iste'molçi kontentining (öyinlar, töliq metrajli filmlar, tv-şoular va konsertlar) keskin ösişini ham taxmin qiliş mumkin. 

Töldirilgan reallik

Foto: Insider.Pro

VR endi qanot qoqqunça töldirilgan reallik 2017 yilning haqiqiy yulduziga aylanadi. Yaqinda Microsoft'ga tegişli Windows Holographic platformasida boşqa işlab çiqaruvçilarning bir qator qurilmalari namoyiş etildi. Bundan taşqari, 2017 yilda Apple, nihoyat, boyitilgan reallik (virtual emas) bilan şuğullanadi. 

Töldirilgan reallik hayotimizga ilgariroq kirib keladi, çunki u telefonlarda işlaydi, buning uçun qöşimça közoynaklar xarid qilişga töğri kelmaydi. Birinçi tajribaga ega bölgan iste'molçi maxsus garniturlarga intila boşlaydi - vaqt esa biznesda yangi, qiziq kontentning paydo bölişini ta'minlaydi. 

Birinçi navbatda bu, albatta, öyinlar va öyinçoqlar seriyasi (Star Wars öyinçoqlari bu yönalişda katta qadam taşlaşga ulgurdi), şuningdek ularni biznesda, xususan, çakana savdoda qöllaş. Ehtimol, sirli Magic Leap startapi ham biror yangilik yaratar. 

Yangi ekranlar