Turkiya naşrlari tomonidan Istanbul terakti ijroçiligida gumon qilingan Qirğiziston fuqarosi Yahyo Maşrapov bu teraktga aloqador emasligini ma'lum qildi. Bu haqda AKIpress agentligi xabar tarqatdi.

Bugun Turkiya davlat telekanalida qirğizistonlik 28 yoşli Yahyo Maşrapovning pasporti surati Istanbuldagi tungi klubga hujum uyuştirgan şaxs pasporti surati sifatida namoyiş qilindi.

AKIpress ma'lumotiga köra, Maşrapov 3 yanvar kuni Turkiyadan Bişkekka uçib kelgan va Qirğiziston Milliy xavfsizlik xizmati davlat qömitasi xodimlari tomonidan söroq qilingan.

Maşrapovning aytişiça, u 1 yanvar kuni Bişkekdan Istanbulga savdo-sotiq işlari böyiça uçib borgandi. Ammo qaytişda Turkiya huquq-tartibot organlari xodimlari uni samolyotga çiqişda töxtatib, mahkamaga olib ketişgan.

"Ular meni bir soatga yaqin vaqt davomida söroq qilişdi. Şu tufayli Bişkekkaça samolyot ham 1 soatga uşlanib qoldi. Ular meni Yangi yil oqşomida sodir etilgan terakt böyiça tergov qilişdi. Taşqi körinişim terakt ijroçisini eslatgani uçun meni töxtatişgan ekan. Yakunda ular men bilan xayrlaşib, samolyotga çiqişimga ruxsat berişdi", deya Maşrapovning sözlarini keltirgan agentlik.

U 31 dekabr kuni Qirğizistonda bölganini isbotlay olişini qöşimça qilgan. Maşrapov öz pasporti qanday qilib internetda tarqalganini bilmasligi haqida aytgan.