Aksariyat kişilar bloglarni suratlar bilan bölişiş, ba'zan esa fikr almaşiş usuli deb bilişadi, biroq şunday insonlar borki, ular uçun bloglar pul işlaş usulidir. Albatta, sönggi paytlarda blogerlar soni juda köpayib ketdi, biroq ba'zi blogerlarning şu iş orqasidan topayotgan puli yirik korporatsiyalarning top-menejyerlarinikidan qolişmaydi. Trendymen dunyoning eng badavlat 10 blogeri röyxatini taqdim etdi.

Mett Marşall
Venture Beat
Mett Marşall özining blogerlik karerasini 2006 yilda boşlagan, öşanda u Venture Beat nomi ostidagi saytni işga tuşirgan. Uşbu saytda texnologiya olami, moliya va u bilan boğliq barça narsalarga oid yangiliklar bilan tanişiş mumkin edi. Mazkur axborot blogi öz öquvçilari, jumladan boşlovçi tadbirkorlar uçun köplab qadrli ma'lumotlar hamda investitsiyadan qanday pul işlaşga doir turli usullarni taklif qildi.

Jyeyk Dobkin
Gothamist
Dunyodagi eng taniqli bloglardan birining birgina şaharda röy berayotgan hodisalar haqida söz yuritişi ğalati körinişi mumkin. Biroq Nyu-York kiçik şahar emas, Gothamist Katta olmaning hayoti haqida batafsil söz yuritib, tez ommalaşib ketdi. Gothamist dunyoning 13 şahrida öz bölimlarini oçib, ta'sir doirasini kengaytirdi. Bugungi kunda Gothamist asosçisi Jyeyk Dobkin özining onlayn-loyihasi orqali bir oyda 110 ming dollarga yaqin pul işlaydi.

Jina Trapani
Lifehacker
"Layfxak" sözi bir neça yil ilgari «Lifehacker» loyihasini işga tuşirgan ayol tufayli bizning leksikonimizga kirib keldi. Kundalik hayotda qöllaş mumkin bölgan maslahatlar şu qadar ommalaşib ketdiki, bugun mana şu ajoyib blog asosçisi oyiga 100 ming dollardan ortiq pul işlamoqda va şu bilan bir vaqtda qöşimça daromad olib keluvçi sayd-loyihalarni rivojlantirmoqda.



















