Özbekiston Xitoy bilan bundan keyin ham amaliy hamkorlikni yanada kengaytirişdan manfaatdor. Bu haqda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinga mamlakatlar örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 25 yilligi munosabati bilan yöllagan maktubida ma'lum qildi.
2017 yilning 2 yanvar kuni Özbekiston va Xitoy örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganiga 25 yil töldi.
“Mamlakatlarimizning har tomonlama va samarali hamkorligining unutilmas solnomasidagi muhim sana – Özbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 25 yilligi munosabati bilan Özbekiston xalqi nomidan Sizni va butun Xitoy xalqini samimiy tabriklaş menga ulkan mamnuniyat bağişlaydi” – deya ta'kidlab ötdi Özbekiston rahbari.
“Özbekiston va Xitoy aloqalari köp asrlik tarixga ega bölib, Buyuk ipak yöli davriga borib taqaladi. Xalqlarimiz örtasida azal-azaldan barqaror savdo-sotiq, ilm-fan va gumanitar aloqalar yölga qöyilgani, madaniyatlarimiz, an'ana va urf-odatlarimiz bir-birini boyitgani haqidagi köplab yorqin misollar tarix sahifalariga muhrlangan”, - ta'kidlab ötdi Özbekiston Prezidenti.
“Izçil va muttasil rivojlanib borayotgan, jahonda ulkan nufuz va ta'sirga ega Xitoy Özbekistonning yaqin va işonçli hamkoridir. Mamlakatlarimiz örtasidagi aloqalar mustahkam an'anaviy döstlik, özaro anglaşuv va hurmat ruhida muntazam rivojlanib bormoqda”, - dedi u.
“Özbekiston va Xitoy munosabatlari bugungi kunda avvalo Sizning şaxsiy taşabbusingiz tufayli tom ma'noda har tomonlama çuqur öylangan, özaro manfaatli mazmun kasb etgan hamkorlikka aylandi. Tomonlarning izçil va qat'iy sa'y-harakatlari natijasida mamlakatlarimiz va xalqlarimiz örtasida uzoq muddatli va köp qirrali hamkorlik şakllandi, davlatlararo va hukumatlararo taşriflar muntazamlik kasb etdi”, - ta'kidlab ötdi Mirziyoyev.
“Biz Sizning rahbarligingizda amalga oşirilayotgan va çuqur öylangan, vazmin taşqi siyosat yöli, yagona Xitoy siyosati, terrorizm, ekstremizm va ayirmaçilikka qarşi kuraşiş borasidagi tadbirlarni doimo qöllab-quvvatlaymiz”, - qöşimça qildi u.
“Özbekiston BMT, Şanxay hamkorlik taşkiloti va boşqa nufuzli xalqaro taşkilotlar va moliyaviy institutlar doirasida Xitoy bilan bundan keyin ham amaliy hamkorlikni yanada kengaytirişdan manfaatdor”, - ta'kidlab ötdi Özbekiston rahbari.
“Mamlakatlarimiz örtasidagi munosabatlarning mustahkam huquqiy bazasi yaratilgan bölib, uning eng muhim asosi bölgan Döstlik va hamkorlik töğrisidagi şartnoma özaro aloqalarimizning poydevori bölib xizmat qilayotganini alohida ta'kidlaşni istardim. Sizning 2016 yil iyun oyida Özbekistonga davlat taşrifingizni, uning doirasida tarixiy ahamiyatga ega Qöşma bayonot imzolanganini hamişa katta mamnuniyat bilan eslaymiz. Uşbu hujjat Özbekiston va Xitoy munosabatlarini har tomonlama strategik şeriklik darajasiga olib çiqdi”, - ta'kidlab ötdi Prezident.












