Turkiya boş vaziri Binali Yildirim AQŞni Kurdiston işçi partiyasini qöllab-quvvatlagani uçun tanqid qildi. U AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp ma'muriyatidan bu holat tugatilişini kutayotgani haqida ma'lum qilgan, deb xabar beradi Assoşieyted Press agentligi.

Turkiyaning Anadolu agentligi dekabr oxirida öz manbalariga tayangan holda AQŞ demokratik ittifoq Partiyasiga qurol-yaroğ yetkazib berişni faollaştirgani haqida xabar bergandi. U Suriyadagi eng yirik kurdlar partiyasi bölib, Anqara uni terrorçilik taşkiloti, deb hisoblaydi.

"Turk xalqi AQŞning yangi ma'muriyati bu şarmandali holatga yakun yasaşini kutmoqda", - deya aytib ötdi Yildirim.

Assoşieyted Press agentligi ma'lumotlariga köra, Turkiya boş vaziri Suriya şimolida 2016 yilning avgustida boşlangan amaliyot vaqtida IŞIDning 1200 jangarisi yöq qilinganini ham xabar qilgan.