Özbekistonda «2017 - 2019 yillarda töqimaçilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari dasturi töğrisida» qaror qabul qilindi.

Hujjatda 2017-2019 yillarda paxta tolasi va ipak xomaşyosini çuqur qayta işlaş negizida taşqi bozorlarda talabgor böladigan tayyor töqimaçilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari işlab çiqariş topşiriği belgilab berildi.

Markaziy bank ma'lumotlariga köra, bu maqsadlar uçun 2,2 milliard dollardan ziyod mablağ ajratilişi rejalaştirilgan. Loyihani amalga oşirişda Özbekistonning tijorat banklari bevosita iştirok etadi. 

Dasturga muvofiq, kredit liniyalari doirasida tijorat banklari bilan birgalikda moliyalaştiriladigan investitsiya loyihalari quyidagi talablarga javob berişi kerak:

tijorat banklari ustav kapitaliga, şu jumladan şö'ba investitsiya kompaniyalari orqali yoki modernizatsiya qilinayotgan yoxud yangidan taşkil etilayotgan korxonalarga qayta moliyalaştirilayotgan kreditlar beriş orqali loyihalar moliyalaştiriladi;
qayta moliyalaştiriş şartlarida loyihani amalga oşirişda tijorat bankining iştiroki loyiha qiymatining köpi bilan 75 foizini taşkil qiladi;
kredit liniyalari xorijiy valyutada beriladi, ularga xizmat körsatiş va ularni tölaş ham qayta moliyalaştiruvçi tijorat banklari hamda qarz olgan taşkilotlar tomonidan xuddi şu valyutada amalga oşiriladi;
investitsiya loyihalari «Özbekengilsanoat» AJning  Ilmiy-texnika kengaşida majburiy ekspertizadan ötkaziladi, ularni amalga oşiriş doirasida tuziladigan import kontraktlari esa — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yangidan quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan işlab çiqariş quvvatlari loyihalarining TIA, texnika va texnologiyalarni ekspertizadan ötkazib baholaş agentligida majburiy ekspertizadan ötkaziladi.

2017 yilning 1 yanvaridan quyidagilar eksportidan olingan xorijiy valyutadagi tuşumning bir qismini vakolatli banklarga majburiy sotiş bekor qilinadi: tayyor ip-gazlamalar, tayyor aralaş gazlamalar, tayyor ipak gazlamalar (atlasdan taşqari), tayyor tikuv buyumlari, tayyor kiyimlar (tikuv, trikotaj buyumlari), boş kiyimlar (milliy boş kiyimlardan taşqari), paypoq buyumlari, töqimaçilik attorlik buyumlari.

Korxonalarda hisobot davri yakunlari böyiça umumiy sotiş hajmida körsatilgan tovarlarni işlab çiqarişdan tuşgan tuşumlar uluşi kamida 60 foizni taşkil etişi kerak.

Amalga oşiriladigan çora-tadbirlar töqimaçilik va tikuv-trikotaj sanoatining yanada jadal rivojlanişi, şuningdek raqobatbardoş mahsulotlar işlab çiqariş assortimenti kengayişini ta'minlaydi. Şu bilan birga bunday yondaşuv sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş imkonini beradi.