2017 yilning 1 yanvaridan Özbekiston fanlar akademiyasi a'zolariga 10ta eng kam iş haqi miqdoriga teng mablağdan (1,5 million söm atrofida) iborat gonorar berila boşlaydi va bu gonorardan daromad soliği olinmaydi. Bu Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 29 dekabrda qabul qilingan Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari faoliyatini takomillaştiriş va rağbatlantiriş töğrisidagi farmonida nazarda tutilgan.

Qayd etiş kerakki, bungaça akademiklarning oylik gonorarlari miqdori 4ta eng kam iş haqi miqdoriga teng bölgan va endi gonorarlar miqdori 2,5 barobar oşgan.

Hujjatga köra, bundan buyon FA haqiqiy a'zolarini tasdiqlaşni mamlakat Prezidenti prezidium hamda tegişli ilmiy mutaxassisliklar böyiça haqiqiy a'zolar tavsiyasiga köra amalga oşiradi.

Bundan taşqari, tegişli vazirlik va idoralarga bir oy muxlat içida FA haqiqiy a'zolarini ilmiy-ma'rifiy va işlab çiqariş jarayonlariga faol jalb qiliş, ularning fan, ta'lim va işlab çiqariş integratsiyasini çuqurlaştirişdagi rolini kuçaytiriş böyiça tavsiyalar işlab çiqiş topşirildi.

Şuningdek, FA haqiqiy a'zolarining ilmiy-ma'rifiy muassasalarda hamda sanoat korxonalarida samarali mehnat qilişi uçun zarur şaroitlarni yaratiş böyiça tavsiyalar işlab çiqilişi kutilmoqda.

Şuningdek, Akademiya a'zolari 1 kişi hamrohligida 1 yilda 1 marta Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi va Kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Kengaşi tasarrufidagi soğlomlaştiriş sanatoriylari hamda Yalta va Kislovodsk şaharlaridagi «Özbekiston» sanatoriylarda bepul davolaniş kurslarini ötaşi mumkin. 

Eslatib ötamiz, 30 dekabr kuni prezident mamlakatning yetakçi ilm-fan namoyandalari bilan uçraşgandi.