Piçoq bilan qurollangan şaxs Xitoyning Guansi-Çjuan muxtor hududidagi bolalar boğçasiga bostirib kirdi va 11 bolani jarohatladi. Bu haqda Xitoy Markaziy televideniyesining Weibo ijtimoiy tarmoğidagi akkauntida xabar qilindi.

Bu hodisa Pinsyan şahrida mahalliy vaqt bilan soat 15:30da röy bergan. Tez orada bu şaxs huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan qölga olingan.

Jabrlanuvçilar şifoxonaga yotqizilgan. Jarohat olgan bolalarning 5 nafarining ahvoli oğirligi aytilgan. 

Hujum sababi ma'lum emas.