Marhumaning qizi IIB ayblanuvçini olti oydan ortiq vaqt ötsa-da, topolmayotganidan norozi bölib, Kun.uz’ga murojaat qildi.

Ma’lum bölişiça, marhuma tumandagi köp qavatli uylarda qizi va nabiralari bilan istiqomat qilib kelgan. U uç marta insultni boşidan ötkazgan. Biroq özi mustaqil harakat qilgan, qöni-qöşnilar bilan muloqotga kirişa olgan.

“2022 yilning 9 mart kuni 19:00 lar atrofida uyga keldim. Eşik qulf ekan. Taqillatdim, içkaridan notaniş erkak çiqdi. “Meni ham, özingni ham şarmanda qilma” deb qoçib ketdi. Ortidan yugurib pastga tuşdim, qöşni bolalarga uyga öğri tuşdi, deb baqirdim. Birozdan söng uyda onamning borligi yodimga tuşib, içkariga oşiqdim. Qarasam, onam bir ahvolda yotibdi. Yuz va boş qismlari jarohatlangan, çap tomonlarida zarb oqibatida turli xil kökarişlar bor edi.

Şundan söng hudud profilaktika inspektoriga xabar berdim. Tez yordamga telefon qildim. Tez yordam onamni şifoxonaga olib ketdi. Uyga kelsam, erkakka tegişli kurtka turgan ekan. Çöntagidan telefon çiqdi. Uydan qoçib çiqqan odamga tegişli bölsa kerak deb, IIB xodimlariga topşirdim. Telefon yordamida erkakni topişibdi. Ertasi kuni menga öşa odamni körsatişdi, tanidim.

Onam bilan boşqa suhbatlaşa olmadik, tildan qoldi. Şifoxonada komaga tuşguniça imo-işora bilan öşa odam özini urgani, nomusiga tegmoqçi bölganini tuşuntirdi. Uç kundan söng ekspertiza qilindi. 21 mart kuni onam şifoxonada jon berdi”, - dedi marhumaning qizi Rahmonova.

Rahmonovaning qöşimça qilişiça, onasiga tajovuz qilgan odam bir haftadan söng qöyib yuborilgan. Biroq mana, olti oydan oşibdiki, jinoyatçi topilmayapti. IIB xodimlari D.K.ga nisbatan jinoiy iş oçilgani, gumondor sudgaça qöyib yuborilmasligini ma’lum qilgan.

Uşbu holat böyiça Samarqand viloyati IIB axborot xizmati Jahongir Sagdullayev bilan telefon orqali boğlandik. U biz bilan suhbatda D.K.ga nisbatan 12 mart kuni jinoyat işi qözğatilganini ma’lum qildi.

“Şaxsga nisbatan sirtdan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilib, qidiruv e’lon qilingan. Ayni vaqtda uşbu şaxsni topiş yuzasidan tezkor qidiruv harakatlari davom etmoqda”, - dedi Sagdullayev.

Sagdullayev gumondor qanday qilib qoçirib yuborilgani haqidagi savolni javobsiz qoldirdi.

Darvoqe, Past Darğom tumani prokuraturasi Rahmonovaga javob xati berar ekan, 2022 yilning 12 mart kuni D.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 118-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilganini ma’lum qilgan. 20 aprel kuni sirtdan ayblov e’lon qilinib, qamoqqa oliş tarzida ehtiyot çorasi qöllanilib, qidiruv e’lon qilingan. Prokuratura bir neça marta IIBga ayblanuvçini topişni sörab, tezkor topşiriq berganini, biroq natija bölmayotganini bildirgan. Şundan söng, 11 may kuni JPKning 364-moddasi 1-qismi 2-bandiga asosan jinoyat işi töxtatilgan. Ya’ni, ayblanuvçining qayerda ekanligi noma’lum bölgani sababli iş töxtatilgan.